platina.uz
Jamiyat

"Oʻzavtosanoat" raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

Transformatsiya va moliya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosar ishdan olindi.

"Oʻzavtosanoat" raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi
Foto: Platina.uz

"Oʻzavtosanoat" raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlangani xabar berildi.

Jumladan, Rahmonov Bahodirjon Solijonovich "Oʻzavtosanoat" AJ boshqaruvi raisining mahalliylashtirish, kooperatsiya aloqalarini sanoatda kengaytirish va axborot texnologiyalari masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Avval bu lavozimda ishlagan Abduvaqqos Rafiqov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.

"Oʻzavtosanoat" boshqaruvi raisining transformatsiya va moliya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Shukurov Azizbek Kobilovich lavozimidan ozod etildi.

Muxamedov Diyor Raufovich boshqaruv raisining transformatsiya va moliya masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid