platina.uz
Jamiyat

Moliyaviy mustaqil OTMlarning "Tashabbusli byudjet"da qatnashishi taqiqlanadi

Loyiha doirasida tashkilotlar tomonidan barcha turdagi avtomobillar, radarlar va rahbar xodimlar uchun mebel xarid qilishga ruxsat berilmaydi. 

Moliyaviy mustaqil OTMlarning "Tashabbusli byudjet"da qatnashishi taqiqlanadi

"Tashabbusli byudjet" jarayonini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining qarorida maʼlum qilingan.

Unga koʻra, har yili tuman va shahar byudjetidan 10 tadan kam boʻlmagan, koʻpi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablagʻ ajratilishi belgilandi. Bunda 10 tadan ortiq loyiha uchun mablagʻlar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududdagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Hozirgi kunda loyihalarning eng yuqori chegaraviy qiymati 1,5 mlrd soʻmni tashkil etadi. Shunga koʻra, tuman va shahar byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarning eng kam miqdori 15 mlrd soʻm, eng yuqori miqdori esa 45 mlrd soʻm etib belgilandi.

Loyiha doirasida tashkilotlar tomonidan barcha turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini taʼminlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari, "svetofor"), rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, joriy yildan moliyaviy mustaqil boʻlgan oliy taʼlim muassasalari "Tashabbusli byudjet"da ishtirok etmaydi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid