platina.uz

AQShga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlandi

U yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali viza olib berib, ish bilan taʼminlashni vaʼda qilgan. 

Jamiyat
16-yanvar, 12:45
AQShga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqaro N.M. fuqaro B.G.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga borishi uchun viza olib berib, u yerda ish bilan taʼminlashi evaziga 40 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+