platina.uz

AloqaBank Qashqadaryo startaplari uchun yangi imkoniyat taqdim etdi

Startup Garage innovatsion markazlarini mamlakatning barcha hududlarida ochish rejalashtirilgan boʻlib, mazkur loyiha orqali yosh tadbirkorlar va startaplarni qoʻllab-quvvatlash maqsad qilingan.

Biznes
16-yanvar, 20:10
AloqaBank Qashqadaryo startaplari uchun yangi imkoniyat taqdim etdi

Qarshi shahrida 16 yanvar kuni Startup Garage loyihasining yangi filiali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur loyiha AloqaBank, AloqaVentures va Startup Garage tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekistonning barcha hududlarida yosh tadbirkorlar va startaplarni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.

Startup Garage filiali ochilish marosimi ikki bosqichda oʻtkazildi:

  • Marosimning birinchi qismi Qarshi shahridagi Yoshlar markazida boʻlib oʻtdi. Bu yerda ishtirokchilar va mehmonlar mutaxassislar tomonidan startaplar va investitsiyalar haqida batafsil maʼlumotlarni olishdi.

  • 2. Startup Garage ofisining ochilish marosimining ikkinchi qismi AloqaBank binosida joylashgan Startup Garage ofisida davom etadi. Ushbu ofis yangi startaplar uchun zarur infratuzilma, ishchi maydon va boshqa xizmatlarni taqdim etuvchi zamonaviy innovatsion markaz boʻlib xizmat qiladi.

Qarshi shahrida Startup Garage innovatsion markazining yangi filiali ochilishidan asosiy maqsad yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, startap loyihalarni rivojlantirish va IT eksport imkoniyatlarini oshirishdan iborat.

Bugungi kunga qadar Startup Garage doirasida 50 dan ortiq startap muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan boʻlsa, endilikda bu imkoniyatlar Qashqadaryo yoshlari uchun mavjud. Qarshi shahrida joylashgan yangi filial yosh tadbirkorlar uchun texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida oʻz gʻoyalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Tadbir doirasida kelib tushgan 20dan ortiq loyihalardan 11 ta startap taqdimot natijalariga koʻra tanlab olindi. Ular — IT, tibbiyot, ekologiya, qishloq xoʻjaligi, transport va innovatsion qurilmalar yoʻnalishida faoliyat olib boradilar.

Taqdimot yakunida rezidentlikka qabul qilingan startap asoschilariga maxsus sertifikat topshirildi. Ushbu sertifikat ularga markazda bepul oʻqish, mentorlik dasturlarida ishtirok etish va startap rivojlantirish boʻyicha koʻmak olish imkoniyatini taqdim etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+