Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da 45-raqam ostida oʻynaydi
"Siti"da ushbu raqamda Mayka Richards va Mario Balotelli kabi mashhur futbolchilar toʻp tepishgan.

Futbolchi Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da 45-raqam ostida harakat qiladi.
Bu haqda sportchining Telegram sahifasida maʼlum qilindi.
Maʼlumot uchun, Husanov "Energetik-BGU" safida ham shu raqamda oʻynagan edi.
"Manchester siti"da bu raqamda Mayka Richards va Mario Balotelli kabi mashhur futbolchilar toʻp tepishgan.
Eslatib oʻtamiz, Husanovning transferi hafta oxirigacha rasman eʼlon qilinishi kutilmoqda.