platina.uz
Iqtisod

UzAuto Motors 8 oyda qariyb 9 trln soʻm foyda koʻrdi

Koʻrilgan foydadan 264 mlrd soʻmi aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanishi belgilangan. 

UzAuto Motors  8 oyda qariyb 9 trln soʻm foyda koʻrdi

UzAuto Motors 2024 yil 8 oyida 8,8 trln soʻm foyda koʻrdi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi portalida eʼlon qilingan hujjatda aytiladi.

Unga koʻra, koʻrilgan foydadan 264 mlrd soʻmi AJ aksiyadorlariga taqsimlanishi belgilangan.

Qolgan 8,57 trln soʻm jamiyatning taqsimlanmagan foydasiga yoʻnaltiriladi. Bir dona joylashtirilgan aksiya uchun dividend miqdori 975 soʻm miqdorida etib belgilangan. Hisoblangan dividendlar 2025 yil 10 yanvardan 2025 yil 11 martga qadar pul koʻrinishida toʻlanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Odiljon Bastamkulov UzAuto Motors'ning vaqtinchalik rahbari etib tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid