Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ravshan Joʻrayev vafot etdi
U "Koʻngil koʻchalari", "Shaytanat", " Buyuk sharaf" va boshqa filmlarda rol ijro etgan.

Teatr va kino aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ravshan Joʻrayev 63 yoshida vafot etdi.
Ravshan Joʻrayev "Bobur"," Chaqaloq", "Koʻngil koʻchalari", "Shaytanat"," Buyuk sharaf" va boshqa filmlarda rol ijro etgan.
Jumladan, "Shaytanat"da kapitan Mirsultonov obrazini gavdalantirgan.