platina.uz
Jamiyat

Istanbulda olti oʻzbekistonlik spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi

Mazkur ish doirasida ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qoʻlga olindi. 

Istanbulda olti oʻzbekistonlik spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi

Istanbuldagi zaharlanishda 6 nafar oʻzbekistonlik vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston konsulxonasi xabar berdi.

2025 yil 14 yanvar kuni Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga qoʻlbola spirtli ichimlik isteʼmoli oqibatida zaharlanib vafot etgan fuqarolarning yaqinlari murojaat qilgan.

Ushbu noxush holatlar Istanbul shahrining Aksaray tumanida sotib olingan spirtli ichimlik isteʼmoli oqibatida yuzaga kelgan.

Vafot etgan fuqarolar asosan 35–40 yoshdagi erkaklar va bir nafar ayoldir.

Qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shugʻullangan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi Istanbul shahrida qoʻlga olindi.

Olingan maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi sutka ichida Istanbul shahrida jami 38 kishi soxta spirtli ichimlik isteʼmoli oqibatida zaharlangan. Kasalxonaga murojaat qilganlarning 11 nafari hayotdan koʻz yumgan.

Politsiya voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshladi.

Maʼlum boʻlishicha, shifoxonaga murojaat qilganlarning 26 nafari xorijliklardir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid