Tramp va Putin Slovakiyada uchrashishi mumkin
Mamlakat parlamenti vitse-spikeri Andrey Danko bu haqda maʼlumot berdi.
Tramp va Putin Slovakiyada uchrashishi mumkin.
Slovakiya parlamenti vitse-spikeri Andrey Danko Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning uchrashuvi mamlakat poytaxti Bratislavada boʻlib oʻtishi mumkinligini aytdi.
Bu haqda u "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Danko Putin va Trampning Bratislavada uchrashishi mumkinligini va buni muhim ekanini taʼkidladi. Uning fikricha, ikki yetakchi oʻrtasida muloqot zarur.
“Ukrainadagi voqealar bir kunda sodir boʻlmadi. Bu uzoq tarix", deb taʼkidladi Danko.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQShning saylangan prezidentining maslahatchisi Mayk Uols Trampning Putin bilan muzokaralarga tayyorgarligi haqida maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, Tramp Rossiya bilan muloqotsiz Ukraina boʻyicha kelishuvga erishib boʻlmaydi, deb hisoblaydi.
Trampning oʻzi Putin bilan muzokaralarga tayyorlanayotganini ham tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, tomonlar shartlar boʻyicha kelishib olishmoqda.