platina.uz

OAV: Xitoy Tik Tokni Ilon Maskka sotmoqchi

Bu ilovaning AQShda taqiqqa uchrashi bilan bogʻliq. Tarmoqning Qoʻshma Shtatlardagi foydalanuvchilari soni 170 mln kishidan oshadi. 

Jahon
14-yanvar, 13:26
OAV: Xitoy Tik Tokni Ilon Maskka sotmoqchi

Xitoyning ByteDance Ltd kompaniyasi TikTok ilovasini milliarder Ilon Maskka sotishi mumkin, deb yozadi Bloomberg manbalarga asoslanib.

Agar AQSh Oliy sudi mamlakatda platformani taqiqlashni qoʻllab-quvvatlasa, bu ssenariy mumkin boʻladi.

10 yanvar kuni boʻlib oʻtgan munozarada amerikalik sudyalar ilovani taqiqlash ehtimoli ancha yuqori ekanligini taʼkidlandi.

TikTok taqiqining tashabbuskori AQSh prezidenti Jo Bayden edi. U Xitoyning ByteDance kompaniyasidan 2024 yil aprelida 2025 yil 19 yanvargacha AQShda TikTokni yopishni talab qiluvchi qonunni imzolagandi.

Oʻtgan yil oxirida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlari gʻolibi Donald Tramp TikTokni taqiqlashni kechiktirishga chaqirib, platformani "qutqarish"ni xohlayotganini aytdi. Shu fonda Pekin hukumati Ilon Mask AQSh uchun maxsus yaratilgan Tik tok US nazoratini oʻz qoʻliga olishi va uni mavjud X ilovasi (ilgari Twitter) bilan birlashtirishi ssenariysini muhokama qilmoqda.

Ilovani sotish boʻyicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, deb taʼkidlaydi Bloomberg.

Platforma ishlab chiquvchilari Ilon Mask va Xitoy rasmiylari agentlikka izoh berishdan bosh tortishdi.

CNBC tomonidan Bloomberg nashri tarqatgan xabar haqida izoh berish soʻralganda, TikTok vakili shunday javob berdi: "Bizdan sof fantastika haqida izoh kutish kerak emas".

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+