platina.uz
Sport

Nigʻmatilla Yoʻldoshev sport kurashlari assotsiatsiyasiga rahbar etib saylandi

Milliy Olimpiya qoʻmitasida assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtgan. 

Nigʻmatilla Yoʻldoshev sport kurashlari assotsiatsiyasiga rahbar etib saylandi

Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasiga yangi rahbar saylandi.

Milliy Olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Assotsiatsiyaga yangi rahbar saylash kun tartibidan oʻrin olgan mazkur tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari Bahriddin Valiyev, Otabek Umarov boshchiligidagi Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati, shuningdek, Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi rayosat aʼzolari, terma jamoa murabbiylar shtabi ishtirok etdi.

Assotsiatsiya Ijroiya qoʻmitasi tashkilot raisligiga Oʻzbekiston Bosh prokurori, mamlakat kurash federatsiyasi rahbari Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich nomzodini ilgari surdi.

Yigʻilish ishtirokchilari bir ovozdan Nigʻmatilla Toʻlqinovich nomzodini maʼqullashdi.

Yakunda Nigʻmatilla Yoʻldoshev mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid