platina.uz

AQShda Grenlandiyani qoʻshib olish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda

Qonun loyihasining ishchi nomi "Grenlandiyani yana buyuk qilaylik" deya nomlangan. 

Jahon
14-yanvar, 9:44
AQShda Grenlandiyani qoʻshib olish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda

AQSh Kongressida Grenlandiyani sotib olish boʻyicha muzokaralar uchun asos boʻladigan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Bu haqda Reuters tegishli hujjat nusxasiga asoslangan holda xabar berdi.

Fox News Digital maʼlumotlariga koʻra, tashabbusga kongressning oʻnta qonun chiqaruvchisi tomonidan hammualliflik qilingan.

Reuters materialida taʼkidlanishicha, respublikachilar hozirda ushbu hujjat Kongress tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi ustida ishlamoqda.

"Qonun loyihasining ishchi nomi" Grenlandiyani yana buyuk qilaylik" deya atalgan", deydi Respublikachilar partiyasi vakillari Endi Ogles va Diana Xarshbarger.

Orolning kelajagi masalasi AQShning boʻlajak prezidenti Donald Tramp hududni sotib olish rejalari haqida gapirganidan keyin dolzarb boʻlib qoldi.

U Grenlandiyaning davlat tarkibida mavjudligini "mutlaq zarurat"deb atadi. Siyosatchi orolning qoʻshilishi haqida birinchi prezidentlik davridayoq gapirgan. AQShning Patriot Polling tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, Grenlandiyada yashovchilarning aksariyati AQShga qoʻshilishni qoʻllab-quvvatlamoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+