platina.uz
Jamiyat

Uch tashkilot xodimlari pora ustida qoʻlga olindi

Buxoroda tibbiyot birlashmasi hisobchisi ishga kiritib qoʻyish uchun 700 dollar olayotganda ushlangan. 

Uch tashkilot xodimlari pora ustida qoʻlga olindi

Ishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dehqonobod tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda “D.K.” AJ qoʻriqchisi M.A. fuqarolar S.U. va Yo.I.ning ishonchiga kirib, ularni ushbu korxonaga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro shahri boʻlimi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tuman Tibbiyot birlashmasi boʻlim hisobchisi Yu.H. fuqaro S.Z.ning ishonchiga kirib, uni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa "Toshloqtumangaz" gazchisi M.M. va boshqalar oʻzaro til biriktirib fuqaro A.S.ni ushbu gaz taʼminoti korxonasiga ishga kiritib qoʻyishi evaziga muqaddam 1,7 mln soʻm va 500 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan. Ushbu pullar hisobidan 640 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakalari oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid