platina.uz
Iqtisod

Paynet Humo toʻlov tizimini sotib oldi

Kelishuv 65 million dollar miqdorida baholanmoqda. 

Paynet Humo toʻlov tizimini sotib oldi

Paynet kompaniyasi Humo toʻlov tizimini sotib oldi. Bu haqda Davaktiv xabar berdi.

"Milliy banklararo protsessing markazi" AJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalar paketini sotish boʻyicha boshlangan ochiq savdo jarayonlarida 6 nafar talabgor ishtirok etish uchun taklif qilingan.

Belgilangan muddatlarda Konsultantga Jamiyatni sotib olish boʻyicha 3 nafar talabgorlardan Majburiyatga ega boʻlgan takliflar kelib tushdi hamda 65 mln AQSh dollari miqdoridagi eng yuqori xarid bahosini taklif qilgan “Paynet” AJ savdo gʻolibi deb topildi.

"Taʼkidlash joizki, mazkur taklif Konsultant tomonidan hisoblangan Jamiyatni sotish mumkin boʻlgan indikativ narxlar oraligʻida joylashgan hamda xalqaro mustaqil baholovchi “KPMG” tomonidan baholangan qiymatidan yuqori.

Talabgor kelgusida Jamiyatga tegishli “Humo” toʻlov tizimini barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha majburiyatlarni, shuningdek, tizim foydalanuvchilarining konfidensial (shaxsiy va bank) maʼlumotlarini himoya qilishni zimmasiga olgan", deyiladi xabarda.

Jamiyatni xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan maʼqullangan.

Maʼlumot uchun: Paynet AJ – Oʻzbekiston moliyaviy texnologiyalar sohasida 18 yildan buyon faoliyat yuritayotgan eng yirik toʻlov operatorlaridan biridir.

Mazkur toʻlov tizimi orqali 1 500 dan ziyod mahsulot yetkazib beruvchi va xizmat koʻrsatuvchilarga toʻlash imkoniyati yaratilgan hamda yiliga 20 mln.dan ziyod foydalanuvchilar ushbu xizmatlardan foydalanib kelmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid