Donald Trampga nisbatan sud hukmi oʻqildi
Jarayonda Trampning boʻynidan ayblovlar olib tashlanmadi, u endi sudlangan shaxs sifatida lavozimga kirishadi.

AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga "sukut uchun pul" ishi boʻyicha hukm oʻqildi.
Sud hukmiga koʻra Tramp shartlarsiz ozod qilinadi.
Tramp 2024 yilning may oyida hakamlar hayʼati tomonidan 2016 yilgi prezidentlik saylov kompaniyasi mobaynida aktrisa Stormi Deniyelsga sukut saqlashi uchun pul toʻlagani bilan bogʻliq 34 ta tijorat firibgarligi boʻyicha aybdor deb topilgan edi. Bugun mazkur ish yuzasidan Trampga hukm oʻqildi.
Sud Trampni shartlarsiz ozod qilish haqida hukm chiqardi. Bu Tramp qamoqqa olinmasligi, jarimaga tortilmasligi yoki unga sinov muddati berilmasligini anglatadi.
Biroq Trampning boʻynidan ayblovlar olib tashlanmadi, u endi sudlangan shaxs sifatida oʻz ishiga kirishadi.
Hukm oʻqish jarayonida Tramp oʻzining aybsizligi haqida qatʼiy taʼkidladi va sud hukmiga qarshi apellyatsiya berishini maʼlum qildi. U 20 yanvardan AQSh prezidenti sifatida ishga kirishadi.




