platina.uz
Iqtisod

"Tashabbusli byudjet" qachondan boshlanishi maʼlum qilindi

Loyihaning 1-mavsumi fevral-mart oylariga moʻljallangan. 

"Tashabbusli byudjet" qachondan boshlanishi maʼlum qilindi

"Tashabbusli byudjet"ning 2025 yilgi ikki mavsumi haqida maʼlumot berildi.

Loyihaning 1-mavsumi fevral-mart oylariga moʻljallangan.

Loyihalarni kiritish 1-20 fevralda, ovoz berish esa 11-20 mart oraligʻida boʻladi.

Loyihaning 2-mavsumi iyul-avgust oylarida boʻlib oʻtadi. Loyihalarni kiritish 15 iyuldan 3 avgustgacha, ovoz berish 22 avgustdan 31 avgustgacha etib belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, loyihaning 2024 yilgi 2-mavsumi avgust oyida oʻtkazilgandi. Sentabrda esa loyihalarni moliyalashtirish uchun qoʻshimcha jami 143,1 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid