Shavkat Mirziyoyev BAAga borishi kutilmoqda
Prezident Abu-Dabidagi "Barqaror rivojlanish haftaligi — 2025" sammitida ishtirok etadi.
Siyosat
10-yanvar, 15:12
Shavkat Mirziyoyev BAAga boradi.
Oʻzbekiston Prezidenti Abu-Dabidagi "Barqaror rivojlanish haftaligi — 2025" sammitida ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda Masdar agentligi xabar berdi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14—15-yanvar kunlari boʻlib oʻtadigan Abu-Dabi Barqarorlik haftaligi (ADSW) 2025 sammitida ishtirok etadi.