Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Hayotxon Ortiqboyeva vafot etdi
Uning "Feruza oqshomlar"," Koʻklam ertaklari", "Humolari qaytgan yurt" kabi bir nechta kitoblari nashr etilgan.
Madaniyat
10-yanvar, 13:20
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira va jamoat arbobi Hayotxon Ortiqboyeva vafot etdi.
Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Hayotxon Ortiqboyeva koʻp yillardan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati boʻlimiga rahbarlik qilgan.
U “Sirdaryo haqiqati” gazetasida uzoq yillar boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan.
Shoiraning “Feruza oqshomlar”, “Koʻklam ertaklari”, “Humolari qaytgan yurt” kabi bir nechta kitoblari nashr etilgan. “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi.