platina.uz
Jamiyat

IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan qoʻlga olindi

Namanganda esa favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda ushlandi. 

IIB katta tezkor xodimi 10 ming dollar bilan qoʻlga olindi

Samarqand viloyati IIB katta tezkor xodimi 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimining noqonuniy xatti-harakatiga chek qoʻyildi. Yaʼni tezkor xodim oʻzining mansabdor tanishlari orqali, Samarqand shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov boʻlimi ish yurituvida boʻlgan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishida ayblanuvchilar sifatida oʻtayotgan 1994 y.t. shaxsga tegishli qismini Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish hamda 2003 y.t. fuqaroga nisbatan esa “uy qamogʻi” ehtiyot chorasini qoʻllagan holda, uni ozodlikda qoldirish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlanib, holat prosessual tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimining tezkor boʻlinmasi boshligʻi oʻzining mansabdor tanishlari orqali, Guliston shahrida yashovchi, 1995 y.t. fuqaroni shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 7 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati Pop tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻzining 5 nafar oila-aʼzolariga mazkur tuman hokimining 2021 yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini oʻzining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berishni vaʼda qilgan. Evaziga 160 ming AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid