platina.uz
Sport

Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ga oʻtadigan boʻldi

Ingliz jamoasining fransuz klubi bilan muzokaralari shu oy oxirida yakunlanadi.

Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ga oʻtadigan boʻldi

Fransiyaning "Lens" jamoasida oʻynayotgan oʻzbekistonlik Abduqodir Husanov Angliyaning "Manchester Siti" jamoasiga oʻtadigan boʻldi.

Bu haqda italiyalik mashhur sport jurnalisti Fabritsio Romano maʼlum qildi. Husanov boʻyicha muzokaralar shu oy oxirigacha davom etadi.

Angliya chempionatida oʻynaydigan ilk oʻzbek futbolchisi boʻlishi kutilayotgan Husanovning yakuniy transfer bahosi hozircha maʼlum qilinmagan.

Avvalroq unga "Nyukasl", "Real Madrid" kabi jamoalar ham qiziqqan edi. Uning narxi 30 mln yevrogacha koʻtarilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid