Shoir Minhojiddin Haydar vafot etdi
U "Nina ustida qasr" (1979), "Oʻchmas boʻron" (1979), "Tirik alanga" (1984) va boshqa toʻplamlar muallifidir.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoir Minhojiddin Haydar vafot etdi. Bu uyushma matbuot xizmati xabar berdi.
Jurnalist va shoir Minhojiddin Haydar 1941 yilning 3 may kunida Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani Maslahat (Toʻn koʻygan) qishlogʻida tugʻilgan.
Uning birinchi sheʼriy toʻplami 1971 yilda "Inson yuragi" nomi bilan chop etilgan.
Soʻngra uning "Nina ustida qasr" (1979), "Oʻchmas boʻron" (1979), "Tirik alanga" (1984), "Bulbulsiz" (1991) kabi bir qator sheʼriy toʻplamlari va 1992 yilda "Musallo" nomli publitsistik asarlari bosilib chiqadi.
U tarjimon va dramaturg sifatida ham ijod qilgan. Jumladan, "Onaizor" (1970), "Doʻzaxdagi shayton" (1976) kabi sheʼriy dramalari va pamfletlari muallifi sanaladi.