platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonning eng kam ish haqi boʻyicha reytingi eʼlon qilindi

Mamlakatda eng kam ish haqining yillik miqdori 1041 dollarni tashkil etadi. 

Oʻzbekistonning eng kam ish haqi boʻyicha reytingi eʼlon qilindi

Oʻzbekiston eng kam ish haqiga ega 154 ta mamlakat orasida 111-oʻrinni egalladi. Bu haqda World Population Review maʼlumotida aytiladi.

Unga koʻra, Oʻzbekistonda eng kam ish haqining yillik miqdori 1041 dollarni tashkil etadi. Bu miqdor soatiga 0.50 dollarni tashkil etadi.

Mamlakat roʻyxatda Liviya va Gaiti oraligʻida joylashgan.

Roʻyxat boshidan Avstraliya joy olgan. Ushbu davlatda eng kam ish haqining yillik miqdori 34 515dollarni tashkil etadi.

Bu soatiga 17,4 dollarga toʻgʻri keladi. Keyingi oʻrinlardan Yangi Zelandiya, Lyuksemburg va Germaniya joy olgan.

Eng kam ish haqida past davlatlar: Sudan, Liberiya, Gabon. Markaziy Osiyoda Qirgʻiziston eng past koʻrsatkichga ega: soatida 0,08 dollar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid