platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistondan besh davlatga yangi avtobus qatnovlari tashkil etilishi kutilmoqda

Ular orasida Rossiya, Xitoy, Qirgʻiziston kabi davlatlar ham bor. 

Oʻzbekistondan besh davlatga yangi avtobus qatnovlari tashkil etilishi kutilmoqda

Oʻzbekistondan qator xalqaro yoʻnalishlarga avtobus qoʻyilishi rejalashtirilmoqda.

Xalqaro tashuvlarda avtobus qatnovlari ulushini oshirish, yoʻlovchi tashish faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida respublikaning turli hududlaridan quyidagi xalqaro yoʻnalishlarda avtobus qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda, deya maʼlum qilgan Transport vazirligi.

Qozogʻiston Respublikasiga

Buxoro – Turkiston

Urganch – Aktau

Fargʻona – Olmaota (Tojikiston orqali)

Tojikiston Respublikasiga

Samarqand – Dushanbe

Buxoro – Dushanbe

Qirgʻiz Respublikasiga

Andijon – Oʻsh

Andijon – Jalolobod

Andijon – Arslanbob

Kosonsoy – Jalolobod

Buxoro – Bishkek

Rossiya Federatsiyasiga

Surxondaryo – Buxoro – Urganch – Nukus – Moskva

Urganch – Nukus – Ufa

Nukus – Krasnodar

Toshkent – Ufa

Toshkent – Krasnodar

Xitoy Xalq Respublikasiga

Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi

Muntazam xalqaro yoʻnalishlarda avtobus tashuvlarini amalga oshirish istagidagi tashuvchilar tomonidan yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda paritet qatnovlarni amalga oshirish istagidagi xorijiy tashuvchilarni jalb qilgan holda Transport vazirligiga murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, boshqa muntazam xalqaro avtobus yoʻnalishlarida faoliyat yuritish istagidagi tashuvchilar xorijiy tashuvchilar bilan paritet asosida ishlashga kelishgan holda, vazirlikka oʻz takliflarini kiritishlari mumkin, deyiladi vazirlik xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid