platina.uz
Jahon

Armaniston hukumati Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish boʻyicha loyihani maʼqulladi

Mamlakat hozirda MDH va KXShT aʼzosi (muzlatilgan) sanaladi.

Armaniston hukumati Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish boʻyicha loyihani maʼqulladi

Armaniston hukumati mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi tashabbusi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi.

Bu haqda mamlakat hukumati 9 yanvar, payshanba kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda qaror qabul qildi.

Qonun loyihasi endi mamlakat parlamentiga yuboriladi.

Qonun loyihasini taqdim etar ekan, Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan “Soʻnggi yillarda Armaniston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida ancha jadal va dinamik aloqalar rivojlandi”, deya izoh berdi.

Armaniston hozirda MDH va KXShT aʼzosi (muzlatilgan) sanaladi.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil Qorabogʻ voqealaridan keyin Armaniston va Rossiya munosabatlari sovuqlashdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid