platina.uz
Jamiyat

AI-80 benzinini sotish va undan foydalanish cheklanishi mumkin

2025 yil oxirigacha respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilgʻi sifatida mazutdan foydalanishni taqiqlanadi. 

AI-80 benzinini sotish va undan foydalanish cheklanishi mumkin

Oʻzbekistonda 2025 yildan "Yevro – 4" standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisi ( AI-80 benzini) sotilishi cheklanishi mumkin. Bu haqda 2025 yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasida maʼlum qilingan.

Keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, Oʻzbekiston ekologik partiyasi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi taklifini inobatga olgan holda 2025 yil 1 maydan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida ayrim yoʻnalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish taqiqlanadi. Bular asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar, teri-koʻnchilik, parrandachilik fabrikalari, samaradorligi yuqori boʻlgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi koʻmir yoqish, qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar boʻlgan oyna, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash, xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.

2025 yil yakuniga qadar quyidagi vazifalarning bajarilishini taʼminlashga barcha kuch va resurslar safarbar etiladi:

- “Yevro – 4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilgʻisidan foydalanish va sotishni cheklash;

- respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilgʻi sifatida mazutdan foydalanishni taqiqlash, bundan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda avariyaviy yoqilgʻi sifatida foydalanish holatlari mustasno.

2025 yil 1 noyabrga qadar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan plastik qadoqlarni yoki plastik qadoqlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda import qiluvchilarga “taralarni qaytarish”, ushbu turdagi chiqindilarni qabul qiluvchi maxsus joylar va uskunalarni oʻrnatish orqali yigʻib olish va utilizatsiya qilish yoki utilizatsiya yigʻimini toʻlash boʻyicha kengaytirilgan majburiyatni joriy qilish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2025 yil 1 oktabrga qadar markazlarda taqiqlangan loyihalarni va energiya sigʻimi yuqori boʻlgan yoʻnalishlardagi mavjud quvvatlarni bosqichma-bosqich Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan koʻchirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid