platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida issiqlik va issiq suv narxi oshirilmoqda

Ayrim hududlarda 1 Gkal issiqlik narxi byudjet tashkilotlari uchun 140 ming soʻmdan 560 ming soʻmgacha qimmatlaydi. 

Toshkent viloyatida issiqlik va issiq suv narxi oshirilmoqda

2025 yil 1 fevraldan boshlab Toshkent viloyati boʻylab markazlashgan issiqlik taʼminoti va issiq suv narxi oʻzgaradi. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarorida maʼlum qilingan.

Jumladan, Toshkent viloyati "Issiqlik manbai" boshqarmasida aholi uchun amaldagi 1 Gkal issiqlik narxi 81 312 soʻmni tashkil etadi. Bu narx fevraldan 93 464 soʻmgacha oshadi (QQS bilan).Byudjet tashkilotlari uchun miqdor 140 ming soʻmdan 560 ming soʻmgacha qimmatlaydi. Ulgurji isteʼmolchilar uchun esa 358 400 soʻmgacha koʻtariladi.

Issiq suv narxi 1 metr kub uchun 5144 soʻmni tashkil etadi.

"Angren issiqlik energiyasi" DUKda narxlar aholi uchun 81 312 soʻmdan 93,5 ming soʻmgacha oshadi. Byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun narx 493 ming soʻmga koʻtariladi. Issiq suv narxi 6078 soʻmga oshadi.

Nisbatan arzon narxlar "Olmaliq issiqlik manbai" MChJ tomonidan taklif etilmoqda. Bu yerda 1 Gkal issiqlik narxi byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun 274-280 ming soʻmni tashkil etadi. Aholi uchun esa miqdor 100 800 soʻmgacha oshadi.

Dekabr oyida viloyatda chiqindi tariflari ham oshgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid