platina.uz

Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston bosh vazirlari Fargʻonada uchrashdi

Uchrashuv uch davlat chegarasi tutashgan nuqtada tashkil etilgan. 

Siyosat
8-yanvar, 15:28
Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston bosh vazirlari Fargʻonada uchrashdi

8 yanvar kuni Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston davlat chegaralari tutashgan nuqtada uch mamlakat hukumatlari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyaning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tomonlar ushbu uchrashuv uch mamlakat Davlat rahbarlari – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon oʻrtasida hamkorlik va mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash maqsadida davlat chegarasi masalalari boʻyicha avval erishilgan kelishuvlar doirasida oʻtkazilayotganini taʼkidlandi.

"Mazkur uchrashuv xalqlarni birlashtiruvchi uch davlat chegarasi tutashgan hududda oʻtkazilgani ramziy maʼnoga ega", deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda boʻlajak uch tomonlama tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilingan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+