Isroilga Turkiya bilan urushga tayyorgarlik koʻrish maslahat berildi
Yahudiy davlati hukumati tomonidan tuzilgan Nagel qoʻmitasi shunday bayonot bilan chiqdi.

Isroil hukumatiga Turkiya bilan urushga tayyorgarlik koʻrishni maslahat berildi.
The Jerusalim Post nashrining Nagel qoʻmitasi hisobotiga asoslanib xabar berishicha, Suriyada Asad rejimi qulagandan keyin "Usmonli imperiyasini tiklash istagi" fonida mamlakat Turkiya bilan toʻgʻridan-toʻgʻri qarama-qarshilikka tayyor boʻlishi kerak.
“Suriyadan kelayotgan tahdid Eron tahdididan ham xavfliroq narsaga aylanishi mumkin”, deyiladi hisobotda.
Shu fonda qoʻmita kelgusi besh yil davomida mamlakatning yillik mudofaa byudjetini 15 milliard shekelga (4 mlrd dollardan ziyod) oshirishni taklif qildi.
Qoʻmita hisoboti Bosh vazir Benyamin Netanyaxuga taqdim etildi va u Isroil kutilmagan hodisalarga tayyor boʻlishi kerakligini aytdi.
"Ushbu hisobot bizga Isroil kelajagini taʼminlash boʻyicha yoʻl xaritasini shakllantirishga yordam beradi", deya izoh berdi Netanyaxu hisobotga.




