platina.uz
Jamiyat

Gulnora Karimova manzil koloniyaga oʻtkazildi

Islom Karimovning qizi 2020 yilda 13 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Gulnora Karimova manzil koloniyaga oʻtkazildi

Birinchi prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova yangi yil arafasida Zangiota tumanidagi 42-manzil koloniyaga oʻtkazildi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

Karimova shu paytgacha ushbu tumandagi 21-ayollar qamoqxonasida jazo muddatini oʻtab kelayotgan edi. U 2020 yilda 13 yilu 4 oyga hukm qilingandi.

Birinchi marta Karimovaga 2013 yilda ish ochilgandi. 2015 yilda 5 yillik ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolangan. 2017 yilda esa 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan, ammo keyinroq 5 yillik ozodlikni cheklash jazosi bilan almashtirilgan.

Uy qamogʻida Karimova bir qator qoidalarni buzgani uchun qayta qamoqqa olingan. 2020 yilda unga yangi ayblovlar bilan 13 yilu 4 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 2019 yildan beri 21-ayollar koloniyasida jazo oʻtab kelayotgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid