platina.uz
Jahon

AQSh qirgʻoqlarida neft va gaz burgʻulash taqiqlandi

Jo Bayden AQSh sohillarining 625 million akrdan (taxminan, 253 million gektar) ortiq hududida neft va gazni burgʻulash yoʻli bilan qazib olish toʻxtatilishini eʼlon qilgan. 

AQSh qirgʻoqlarida neft va gaz burgʻulash taqiqlandi

Prezident Jo Bayden AQSh qirgʻoqlari yaqinida neft va gaz burgʻulashni taqiqladi.

Unga koʻra, neft va gaz burgʻulash Kaliforniya boʻylab joylashgan Tinch okean sohili, Oregorn va Vashington, Sharqiy Meksika qoʻltigʻi, Shimoliy Bering dengizi va Sharqiy dengiz qirgʻogʻining barcha qismida taqiqlandi.

Bayden AQSh sohillarining 625 million akrdan (taxminan, 253 million gektar) ortiq hududida neft va gazni burgʻulash yoʻli bilan qazib olish toʻxtatilishini eʼlon qildi.

Bu qaror qabul qilinishiga burgʻulash atrof-muhit, aholi salomatligi va iqtisodiyotga zarar yetkazayotgani sabab boʻlgan.

"Amerikaliklarning qariyb 40 foizi qirgʻoqboʻyi hududlarida yashaydi, ularning yaxshi hayot kechirishi okean tozaligiga bogʻliq. Prezident Bayden bugungi qarori bilan mamlakatning energiya ehtiyojlarini qondirishini hisobga olmaganda boshqa jabhalarda deyarli foyda keltirmaydigan neft chiqindilari chiqishini toʻxtatib, ushbu mintaqalar sogʻlom va xavfsiz boʻlib qolishini taʼminlamoqda” deb yozadi Oq uy axborot xizmati.

Mazkur qarori bilan Prezident Bayden 670 million akr (taxminan, 271 million gektar) dan ortiqroq AQSh yerlari, suvi va okean hududini turli muammolardan saqlab qoldi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid