Qoraqalpogʻiston xalq rassomi Barliqbay Aytmuratov vafot etdi
U Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoni bilan ham taqdirlangan.

Qoraqalpogʻiston xalq rassomi Barliqbay Aytmuratov vafot etdi.
Bu haqda Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi xabar berdi.
U xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori ham edi.