Nyu-Yorkda haydovchilar tirbandlik vaqtida markazga kirish uchun pul toʻlaydi
Mazkur mexanizm shahar markazidagi avtomobillar sonini 10 foizga qisqartirishi kutilmoqda.

Nyu-Yorkda haydovchilar tirbandlik vaqtida shahar markaziga kirish uchun 9 dollar toʻlaydi. Bu haqda Financial Times (FT) gazetasida chop etilgan materialda aytiladi.
Respublikachilar allaqachon AQShning saylangan prezidenti Donald Trampni ushbu tashabbusni bekor qilishga chaqirishgan.
Ish kunlarida soat 21:00 dan 5:00 gacha va dam olish kunlari soat 21:00 dan 09:00 gacha Manxettenga kirish narxi 2,25 dollargacha boʻladi.
Kichik yuk mashinalari haydovchilari uchun stavka 14,40 dollarni, katta transport vositalari haydovchilari uchun 21,60 dollarni tashkil qiladi.
Mazkur mexanizm shahar markazidagi avtomobillar sonini 10 foizga qisqartirish va kelgusida yigʻilgan 15 milliard dollarni jamoat transporti tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirish imkonini berishi kutilmoqda.
Shahar transport boshqarmasi bosh direktori Janno Liberning aytishicha, reja soʻnggi besh yil davomida ishlab chiqilgan.
Qoʻshni Nyu-Jersi shtatidan advokatlar bu tashabbusning oldini olmoqchi boʻlishdi va sud qarorini talab qilishdi, ammo urinish muvaffaqiyatsiz tugadi.
2024 yilda Inrix transport monitoringi platformasi Nyu-Yorkni dunyodagi eng tirband shahar deb tan oldi.
Mahalliy avtoulovchilar yiliga oʻrtacha 101 soatni tirbandlikda oʻtkazib, shahar iqtisodiyotiga 9,1 milliard dollar zarar yetkazadi.