Xitoyda metapnevmovirus shiddat bilan tarqala boshladi
Kasallik odatda yengil kechsa-da, chaqaloqlar, keksalar va immuniteti zaif odamlarda jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Xitoyda metapnevmovirus avj olishi kuzatilmoqda.
23 dekabrdan 29 dekabrgacha shifoxonalardan olingan koʻplab kasallik namunalari gripp virusi, odam metapnevmovirusi va rinovirus uchun ijobiy natija berdi. Bu haqda Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish boshqarmasi xabar berdi.
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, bugungi kunda oʻtkir respiratorli yuqumli kasalliklar mamlakatda faol tarqalmoqda.
Xususan, 14 yosh va undan kichik yoshdagi bolalar orasida metapnevmovirus bilan kasallanish koʻpaymoqda, bu koʻproq shimoliy viloyatlarda qayd etilgan.
Independent nashri avvalroq Xitoyda respirator virus bilan kasallanish holatlari koʻpayib borayotgani, bu shifoxonalarning toʻlib ketishiga olib kelgani haqida yozgan edi. Bu qishda Xitoyning shimoliy provinsiyalarida inson metapnevmovirusi (HMPV) deb aniqlangan virus bilan kasallanish holatlari keskin koʻpaydi, ayniqsa bolalar oʻrtasida tarqaldi.
Metapnevmovirus shamollash va grippga oʻxshash simptomlarni keltirib chiqaradi.
Kasallik odatda yengil kechsa-da, ayniqsa, chaqaloqlar, keksalar va immuniteti zaif odamlarda pnevmoniya kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, deb yozadi gazeta.
Dekabr oyi oxirida Tayvanning Money UDN nashri metapnevmovirus tufayli oʻlim darajasi 43% ga yetganini yozdi. Tezkor skrining uchun reagentlarga ega boʻlgan COVID-19 dan farqli oʻlaroq, inson metapnevmoniyasi virusini tekshirish uchun juda koʻp reagentlar mavjud, deya taʼkidladi portal. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda ushbu virusni davolash uchun antiviral preparatlar mavjud emas, faqat kasallik uchun qoʻllab-quvvatlovchi terapiya buyurilishi mumkin.