platina.uz
Jahon

Germaniya va Fransiya TIV rahbarlari Suriyaga bordi

Ular Asad rejimi qulagach, mamlakatga tashrif buyurgan yirik Gʻarb amaldorlari sanaladi. 

Germaniya va Fransiya TIV rahbarlari Suriyaga bordi

Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari Suriyaning amaldagi rahbari bilan uchrashdi.

Annalena Berbok va Jan-Noel Barrot Gʻarbning yirik davlatlaridan Suriyaga birinchi tashrif buyurgan tashqi ishlar vazirlari boʻldi.

Tashrif Yevropa Ittifoqi nomidan amalga oshirildi.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Berbokning Berlindan ketishidan oldin eʼlon qilingan bayonotida, Yevropa Ittifoqi Suriyani siyosiy qayta qurish va hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshirishda qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi aytilgan.

"Germaniya va uning xalqaro hamkorlari Suriyaning ichki siyosiy jarayoni buzilmasligini taʼminlash tarafdori. Shu maqsadda biz BMT bilan birgalikda Aqabada (Iordaniyadagi shahar) muhim tamoyillarni ishlab chiqdik. Bularga barcha qoʻshni davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish kiradi. Shuningdek, Rossiya Suriyadagi harbiy bazalarini tark etish vaqti keldi”, — dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Barbok.

Fransiya TIV rahbari Parij Suriyaning yangi maʼmuriyatiga Konstitutsiyani ishlab chiqishda texnik va huquqiy yordam koʻrsatishga tayyorligini taʼkidladi. U mamlakatdagi barcha etnik va siyosiy guruhlarni qamrab oluvchi inklyuziv muloqotni yoʻlga qoʻyish muhimligini taʼkidladi.

Barrot va Berbok, shuningdek, Asad rejimi paytida mashhur qiynoqlar markazi boʻlgan Sednaya qamoqxonasiga tashrif buyurishdi.

Eslatib oʻtamiz, Suriya hukumati rahbari Ahmad al-Shaara"Hayat Tahrir ash-Shom" guruhining yetakchisi boʻlib, Bashar al-Assad rejimining qulashiga olib kelgan tezkor hujumga rahbarlik qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid