Bola narkoman boʻlib qolganini qayerdan bilamiz? — Platina podcast
Podkastimizning bu galgi sonida hozir bolalar va oʻsmirlar orasida keng tarqalayotgan giyohvandlik balosi haqida suhbatlashdik.

Oʻzbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash boʻyicha 2024 yil may oyida 4 yillik milliy strategiya qabul qilingan.
Bunda ichki ishlar organlarini narkotesterlar bilan taʼminlash, jinoyatlarni aniqlashda dronlardan foydalanish, mutaxassislar tayyorlash hajmini 5 baravarga oshirish va boshqalar maqsad qilingan edi.
Biz bu galgi podkastimizda yoshlarni bu yoʻlga olib kelgan sabablar, oqibatlar, davolash va giyohvandlikning oxiri nima ekani haqida suhbatlashdik.