platina.uz
Jamiyat

Bankning katta miqdordagi pulini oʻzlashtirgan shaxs 8,5 yilga qamaldi

U Xitoydan avtobuslar olib kelish bahonasi bilan tanishlarining mulkini garovga qoʻydirib, kredit olishga muvaffaq boʻlgan. 

Bankning katta miqdordagi pulini oʻzlashtirgan shaxs 8,5 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida bankning yirik miqdordagi mablagʻini oʻzlashtirib yuborgan shaxsga nisbatan sud ishi koʻrib chiqildi. Sud hukmi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchi A.A tanishi J.B bilan "TUMOSAN TECH” MChJni 100.000.000 soʻmga sotib olishga kelishgan. Unga jamiyat oʻzining nomiga oʻtganidan soʻng Xitoy bilan hamkorlik qilib, avtobuslar olib kelishini aytib, bankdan kredit olish uchun boshqa bir tanishi Z.N.ning turmush oʻrtogʻi nomida boʻlgan uyni garovga qoʻydirishga muvaffaq boʻlgan.

Shuningdek, A.A boshqa bir tanishiga tegishli oshxonani ham garovga qoʻydirgan.

Natijada ular bankdan 2 mlrd 750 mln soʻm kredit olgan. B.J oʻzining plastik kartasiga 1.000.000.000 soʻm, tanishi F.Muzaffarov kartasiga 1.000.000.000 soʻm va A.Akbarov taqdim qilgan Yo.Oʻroqovning plastik kartasiga 1.000.000.000 soʻm, qolgan 288.000.000 soʻm pullarni “CTROYMET LYUKS” MChJ hisob raqamiga oʻtkazib bergan.

A.A oʻziga ishonib topshirilgan oʻzganing juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini maqsadli sarflamasdan, ushbu pul mablagʻlarini bank orqali naqdlashtirib, kredit mablagʻlarini ham toʻlamasdan, shaxsiy manfaatlari yoʻlida sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, A.A. jinoiy faoliyatini davom ettirib, sherigi U. N bilan “Neksiya 3” rusumli avtomashinani pulini boʻlib toʻlash sharti bilan olishgan.

Soʻngra mashinani boshqa bir shaxsga 9700 AQSh dollariga sotib yuborishgan. Lekin tushgan pullarni mashinaning haqiqiy egasiga taqdim etishmagan.

Jarayonda sudlanuvchi A.A oʻz ayblarini tan olmadi.

Yakuniy hukmga koʻra, u JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 168-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. A.A.ga uzil-kesil oʻtash uchun 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni qattiq tartibli koloniyalarda oʻtash belgilangan.

Bankka yetkazilgan zararni qoplash sud qarori bilan garovga qoʻyilgan ikki mulkka nisbatan yoʻnaltirilgan.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid