platina.uz
Jamiyat

Aksilkorrupsiya agentligiga yangi vazifa yuklatildi

Bu davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligini taʼminlash bilan bogʻliq. 

Aksilkorrupsiya agentligiga yangi vazifa yuklatildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yangi vazifa yuklanmoqda. Endilikda davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi monitoring qilinadi.

Hukumat qarori (910-son, 30.12.2024 y.) bilan “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

-masofadan monitoring qilish asoslari;

-masofadan monitoring qilish tartibi va muddatlari;

-masofadan monitoring qilish natijalarini rasmiylashtirish va koʻrib chiqish;

-masofadan monitoring qilish yakuni boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan taʼsir choralarini qoʻllash.

Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan masofadan monitoring qilinadi.

Masofadan monitoring qilish rejali va rejadan tashqari asoslarda oʻtkaziladi.

Agentlik davlat organlari va tashkilotlarini masofadan monitoring qilish boshlanganligi yoki oʻtkazilayotganligi haqida oldindan ogohlantirmaydi (xabardor qilmaydi).

Masofadan monitoring qilish yakuni (natijasi) boʻyicha qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlangan holatlar yuzasidan maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.

Maʼlumotnomada qayd etilgan qonunchilik hujjatlarining buzilishi Agentlikning huquqiy taʼsir hujjati shaklida monitoring qilingan davlat organi va tashkilotiga yuboriladi.

Huquqiy taʼsir hujjati davlat organi va tashkilotiga kelib tushgan sanadan eʼtiboran 10 kun muddatda koʻrib chiqilishi va natijasi boʻyicha Agentlikka yozma axborot berilishi shart.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid