platina.uz
Jamiyat

Tadbirkorning pulini oʻzlashtirgan bank mutaxassisi jazolandi

U xususiy korxona mablagʻini yaqinlari nomiga ochilgan plastik kartalarga oʻtkazib, bir qismini bank kassasida naqdlashtirib olgan. 

Tadbirkorning pulini oʻzlashtirgan bank mutaxassisi jazolandi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tadbirkorning 60 mln soʻm mablagʻini oʻzlashtirgan bank mutaxassisiga hukm oʻqildi. Sud hukmi Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Jinoyat ishlari boʻyicha Uzun tuman sudi sayyor majlisida ushbu ish koʻrib chiqildi. Ayblanuvchi XX Uzun tumanidagi bank xizmatlari markazida boʻlim bosh mutaxassisi boʻlib ishlagan.

U tumandagi xususiy korxonalardan birining hisob raqamidagi pullarni yaqinlari nomiga ochilgan plastik kartalarga oʻtkazib, 19 mln soʻmni bank kassasida naqdlashtirib olgan. Qolganini mobil ilovalar orqali boshqa kartalarga oʻtkazib, jami 60 mln soʻmni talon-toroj qilgan. Tadbirkorning pullarni boshqarish imkoniyatini cheklab qoʻygan.

Sudda ayblanuvchi oʻz aybiga toʻliq iqror boʻldi. Uning aybi dalillar va guvohlar koʻrsatmalari bilan ham tasdiqlangan. Ayblanuvchining aybini tan olgani, 4 nafar farzandi borligi, pushaymonligi yengillashtiruvchi holatlar, avval sudlanganligi esa ogʻirlashtiruvchi holat deb topildi.

Yakuniy sud hukmiga koʻra, ayblanuvchi XX 1,5 yil muddatga davlat organlarida ishlash huquqidan mahrum etilib, jami 2 yilu 6 oy ahloq tuzatish ishlari tayinlandi.

Ish boʻyicha yetkazilgan zararlar toʻliq qoplangan.

Sud hujjati Oliy sud portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid