platina.uz
Jahon

Rossiyada politsiyaga migrantlar yashaydigan uylarga ruxsatsiz kirish huquqi berildi

Ular banklardan muhojirlarning hisobvaraqlari, pul oʻtkazmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish huquqiga ham ega boʻladilar.

Rossiyada politsiyaga migrantlar yashaydigan uylarga ruxsatsiz kirish huquqi berildi

Rossiyada politsiyachilarga migrantlarning uyiga ruxsatsiz kirish huquqi beriladi.

5 martdan kuchga kiradigan yangi qonun Rossiya politsiyasiga deportatsiya buyrugʻi berilgan muhojirlarning uylari va binolariga ruxsatsiz kirish huquqini beradi.

Bundan tashqari, politsiya xodimlari Rossiya Federatsiyasi va xorijiy davlatlar hokimiyat organlaridan davlat nazorati uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni, jumladan tijorat, bank, soliq va qonun bilan himoyalangan boshqa sirlarni soʻrab olishi mumkin boʻladi.

Shu bilan bir qatorda, chet el fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborilayotganda politsiya banklardan uning bank hisobvaraqlari, raqamlari va pul oʻtkazmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish huquqiga ega boʻladi.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga mobil qurilmalar va geolokatsiya maʼlumotlaridan, shaxsni tanib olish tizimida ishlaydigan toʻlov tizimlaridan foydalanishga ham ruxsat beriladi.

Avvalroq Rossiyada rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktabga olish taqiqlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid