Oʻzbekistonda 1 yanvardan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat berildi
Ushbu sohada Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida ishlash mumkin boʻladi.

1 yanvardan bukmekerlik faoliyatiga ruxsat etildi.
2024 yil 19 aprelda "Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni qabul qilingandi.
Unga binoan 2025 yil 1 yanvardan internet tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berildi.
Lotereya, internet tarmogʻida oʻyinlar va bukmekerlikni tashkil etish faoliyatlari qonunchilikka muvofiq Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiradi.
Shuningdek, 5 yil muddatga lotereya hamda internet tarmogʻida oʻyinlarni tashkil etish va bukmekerlikni soliqqa tortishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi belgilanadi:
-lotereya, internet tarmogʻida oʻyinlarni tashkil etish faoliyatini yoki bukmekerlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar lotereya, internet tarmogʻida oʻyinlarni tashkil etish faoliyatidan yoki bukmekerlik faoliyatidan olingan jami daromadidan toʻlangan yutuqlar va qaytarilgan stavkalar chegirilgan holda 4 foiz stavkasida aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilari hisoblanadi;
-jismoniy shaxslarning litsenziyalar asosida oʻtkaziladigan lotereyalar hamda internet tarmogʻidagi oʻyinlardan va bukmekerlik garovidan olingan yutuqlar sifatidagi daromadlari daromad soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.