platina.uz

MikroGESlar qurilsa, chiroq muammosi hal boʻladimi?

Platina.uz muxbiri GESlar turlari, ahamiyati, quvvatlari, tenderlar va boshqalar boʻyicha soha mutaxassislari bilan suhbatlashdi.

Jamiyat
3-yanvar, 19:23

Iqtisodiyotning qanday rivojlanishi uning energiya resurslari bilan qay darajada taʼminlanishiga bevosita bogʻliq. Butun dunyoda boʻlgani kabi yurtimizda ham shu paytgacha qayta tiklanmaydigan tabiiy energiya manbalari – toshkoʻmir, neft va gazdan foydalangan holda universal hamda foydalanish oson elektr energiyasi hosil qilingan.

Ayni davrda esa ekologik bezarar hamda qayta tiklanadigan, shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni katta tayyogarlik, moliyalashtirish talab qilmaydigan quyosh va suv manbalaridan foydalanish ustuvor maqsadlarga aylanmoqda. Xususan, suv-energetika resurslaridan samarali foydalanishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, amaliyotda keng qoʻllanib kelingan yirik GESlar oʻrniga mikro va mini GESlarni ishga tushirish oʻz samaradorligini koʻrsatyapti.

Bu jarayonlarda asosiy muvofiqlashtiruvchi va loyihalashtiruvchi idora boʻlmish “Oʻzbekgidroenergo” AJ suv-energetika resurslarini yagona boshqaruv sistemasini shakllantirib, gidroenergetika obʼektlarini markazlashgan texnologik boshqaruvini taʼminlayotganini alohida taʼkidlash lozim.

Platina.uz mazkur jarayonlar mohiyatini oʻrganish maqsadida “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari bilan suhbatda boʻldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+