platina.uz
Jahon

Falastin oʻz hududida Al-Jazeera telekanaliga taqiq qoʻydi

Gʻarbiy sohildagi maʼmuriyat telekanalni "fitna qoʻzgʻatuvchi materiallar" tarqatishda aylagan. 

Falastin oʻz hududida Al-Jazeera telekanaliga taqiq qoʻydi

Falastin hukumati Al-Jazeera telekanalini "fitna qoʻzgʻatuvchi materiallar" tarqatishda aylab, faoliyatiga cheklov qoʻydi.

Maʼmuriyat buyrugʻiga koʻra, Gʻarbiy Sohilda Al-Jazeera telekanali faoliyati toʻxtadi.

Bu qaror telekanal "nizo chiqaruvchi xabarlar" tarqatgani sababli qabul qilindi deb xabar beradi Falastinning Wafa axborot agentligi.

Falastin maʼmuriyati bundan avvalroq Al-Jazeera'ga Gʻarbiy Qirgʻoqning shimoliy qismidagi Falastin mudofaa kuchlari bilan HAMASga aloqador falastinlik qurolli guruhlar oʻrtasida toʻqnashuv boʻlib oʻtgan hudud - Jenin viloyatidan xabar berishni taʼqiqlagan edi.

Telekanal bu harakatni "bosib olingan hududlarda, ayniqsa, Jenin va uning lagerlarida sodir boʻlayotgan voqealarni yashirishga urinish" sifatida qoraladi. 2 yanvar kuni eʼlon qilingan bayonotda telekanal “bu qarordan hayratda qolganini” bildirib, hukumatni qarorni bekor qilishga chaqirdi.

Shunga qaramay taqiq qancha vaqt davom etishi nomaʼlumligicha qolmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid