platina.uz
Jamiyat

Sardor Umrzoqovga qoʻshimcha vakolatlar berildi

Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.

Sardor Umrzoqovga qoʻshimcha vakolatlar berildi

Prezidentning Maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisiga (hozirda ushbu lavozimda Sardor Umrzoqov) qoʻshimcha vakolatlar berildi.

"Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi. Unga koʻra Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.

Kengash siyosiy va iqtisodiy hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda Prezidentga kiritib boradi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash ichki va tashqi siyosat jarayonlari boʻyicha strategik tadqiqotlarni tashkil qilish hamda ularni oʻtkazishning barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga masʼul boʻlgan maslahat organi hisoblanadi.

Kengash faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni taʼminlash Prezidentning Maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisi tomonidan amalga oshiriladi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilmasida quyidagi yoʻnalishlarga masʼul boʻlgan ishchi guruhlar tashkil qilinadi:

- xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik;

- davlat va jamiyat qurilishi;

- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish;

- tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik;

- hududlarni strategik rejalashtirish va rivojlantirish;

- ekologik kun tartibi, shu jumladan iqlim oʻzgarishi, suv taqchilligi masalalari.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid