Oʻzbekistonda Yangi yilning birinchi sutkasida 1641 nafar chaqaloq tugʻildi
Solishtirish uchun 2022 yilda 2316 nafar, 2023 yilda 2155 nafar, 2024 yilda esa 1859 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.

Yangi yilning birinchi sutkasida 1641 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda SSV xabar berdi.
2018 yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda 1644 nafar, 2022 yilda 2316 nafar, 2023 yilda 2155 nafar, 2024 yilda esa 1859 nafar chaqaloq tugʻilgan edi.
2025 yil 1 yanvar kuni dunyoga kelgan goʻdaklarning:
845 nafari qiz,
796 nafari oʻgʻil.
Eng koʻp chaqaloq Fargʻona viloyatida (244 nafar) tugʻildi.
Shuningdek, keyingi oʻrinlarda:
Samarqand viloyati — 186 nafar,
Qashqadaryo viloyati — 181 nafar,
Surxondaryo viloyati — 172 nafar,
Toshkent viloyati — 150 nafar,
Toshkent shahri — 139 nafar,
Andijon viloyati — 90 nafar,
Jizzax viloyati — 87 nafar,
Buxoro viloyati — 86 nafar,
Xorazm viloyati — 83 nafar,
Qoraqalpogʻiston R. — 71 nafar,
Namangan viloyati — 65 nafar,
Sirdaryo viloyati — 45 nafar,
Navoiy viloyati — 42 nafar.
Dunyoga kelgan ushbu bolalar orasida 23 egizak (jami 47 nafar bola) bor, yaʼni 22 tasi (44 nafar bola) ikki homilalik, 1 tasi (3 nafar bola) esa uch homilalik egizakdir.