platina.uz
Jahon

AQShda haydovchi mashinani odamlar ustiga haydab, oʻt ochdi

Oqibatda kamida 10 kishi halok boʻlgan. Oʻttiz kishi jabrlangani aytilmoqda. 

AQShda haydovchi mashinani odamlar ustiga haydab, oʻt ochdi

AQShda haydovchi mashinani olomon ichiga haydab, oʻqotar quroldan oʻt ochdi.

Nyu-Orleandagi ushbu hodisa sabab kamida 10 kishi halok boʻlgan.

CBC News xabariga koʻra, yuk mashinasi katta tezlikda Burbon koʻchasidagi odamlar ustiga haydalgan, keyin haydovchi mashinadan chiqib, otishni boshlagan.

Shahar rasmiylari maʼlum qilishicha, 30 kishi jarohatlari bilan mahalliy shifoxonalarga olib ketilgan, 10 kishining oʻlimi tasdiqlangan.

Burbon strit shahardagi mashhur sayyohlik manzillaridan sanaladi. Hozirda jinoyatchini qoʻlga olish ishlari ketmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil dekabrda Germaniyada ham shunga oʻxshash hodisa sodir boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid