Oliy taʼlim korrupsiya reytingida nega qoniqarsiz natija qayd etmoqda?

Vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov bunga nima sabab boʻlganini maʼlum qildi. 

Jamiyat
9-may, 15:00
Oliy taʼlim korrupsiya reytingida nega qoniqarsiz natija qayd etmoqda?

Oliy taʼlim vaziri tuzilmaning korrupsiyaga qarshi kurashishi reytingi borasidagi koʻrsatkichlariga izoh berdi. 

Matbuot anjumanida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023 yil yakuni uchun tuzilgan reytingda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligining “qoniqarsiz natija koʻrsatgani tushuntirilgan. 

"Xabaringiz bor, oʻtgan yilning oktabr oyidan boshlab yangi yilgacha bizning vazirlikdagi koʻpchilik xodimlar boshqa vazirlikka oʻtib ketishdi. Antikorrupsiya agentligining ushbu reytingni tuzishdagi baʼzi soʻrovlari boʻsh qolgan. Shuning uchun bajarilmagan deb turib, baholangan. Nasib qilsa, bu yil reytingda bizning koʻrsatkichimiz yaxshi boʻladi" — dedi vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov.

Avvalroq talabalar yotoqxonasi va stipendiyasi bilan bogʻliq savollarga javob qaytarilgandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+