Prezident urush qatnashchisiga uy berishni topshirdi
Gospitalga tashrifi chogʻida prezident Sirdaryo viloyati hokimiga telefonda shunday topshiriq berdi.
Jamiyat
8-may 2024 yil

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi boʻlgan sirdaryolik otaxonga uy sovgʻa qilish boʻyicha topshiriq berdi.
Bu haqda davlat rahbari Markaziy gospitalda faxriylarni holidan xabar olganda maʼlum qilgan. Prezident shu yerning oʻzida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyevga telefon qilib, Boyovut tumanidan davolanishga kelgan urush fahriysiga Gulistondan uy berishini buyurdi.
"Boyovutdan kelgan otaning iltimosiga koʻra oʻzing borib, Gulistondan bir uy berasan. Bu nevaralariga tabrik boʻlsin", - dedi Shavkat Mirziyoyev.