Oʻzbekiston YeOIIga aʼzo davlatlar bilan savdo toʻsiqlarini bartaraf etishga tayyor

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ittifoq kengashi majlisidagi nutqida maʼlum qildi.

Siyosat
8-may, 23:02
Oʻzbekiston YeOIIga aʼzo davlatlar bilan savdo toʻsiqlarini bartaraf etishga tayyor

Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi majlisidagi nutqida YeOIIga aʼzo davlatlar bilan savdo toʻsiqlarini bartaraf etishga tayyorligini bildirdi.

Oʻzbekiston rahbari quyidagi takliflarni ilgari surdi:

  • Oʻzbekiston Hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi oʻrtasida oʻrta muddatdagi istiqbolga moʻljallangan Qoʻshma tadbirlarning yangi kompleks rejasini tayyorlash;
  • YeOIIga aʼzo mamlakatlar bilan oʻzaro savdo-sotiqdagi toʻsiq va cheklovlarni birgalikda bartaraf etish, 2009 yilda qabul qilingan Tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash qoidalariga Oʻzbekistonning qoʻshilish jarayoni boshlandi;
  • Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlari bilan bogʻlovchi “Shimol – Janub" transport yoʻlagini rivojlantirish boʻyicha yaqin muloqotni davom ettirish, mamlakatlar oʻrtasida tranzitga doir tartib-taomillarni soddalashtirish maqsadida joriy etilayotgan YeOII bojxona tranzitining yagona tizimi bilan Raqamli hamkorlik boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
  • sanoat kooperatsiyasi sohasidagi loyihalar va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlari boʻyicha birgalikda yaratilayotgan sanoat zonalari va texnoparklarda yangi quvvatlarni joylashtirishni nazarda tutgan holda, alohida “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish;
  • birlashma doirasida sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maxsus mexanizm imkoniyatlaridan foydalanish;
  • Yevroosiyo Agroekspressini rivojlantirish, “yashil” va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, qoʻshma agrosanoat klasterlari va logistika markazlarini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash;
  • iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalarida umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish va yaqin hamkorlik qilish, bunda tegishli Ishchi guruhining navbatdagi majlislaridan birini Oʻzbekistonda oʻtkazish;
  • mehnat migrantlari faoliyati uchun raqamli platformalarga ulangan holda qulay sharoit va ijtimoiy kafolatlarni shakllantirish;
  • sayyohlar almashinuvini keskin oshirishga qaratilgan qoʻshma turistik dastur va mahsulotlarni ishlab chiqish.
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+