platina.uz
Jamiyat

Shohjahon Joʻrayev otasi Sherali Joʻrayevni sudga bergani maʼlum boʻldi

2022 yilda ota-bola mol-mulk boʻyicha fuqarolik ishida sirtdan sudlashgan.

Shohjahon Joʻrayev otasi Sherali Joʻrayevni sudga bergani maʼlum boʻldi

Xonanda Shohjahon Joʻrayev 2022 yilda otasi Sherali Joʻrayevni mulk masalasida sudga bergani maʼlum boʻldi. Bu haqdagi sud qarori Platina.uz saytida bor.

Fukarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudi 2022 yil 9 noyabr kuni ochiq sud majlisida ushbu fuqarolik ishi koʻrib chiqilgan.

Sud majlisida Shohjaxon Mirzo Ulugʻbek tumanidagi oʻzi yashaydigan uydan kelishmovchilik sabab chiqib ketgani uchun Shayxotohur tumanida joylashgan otasi nomidagi uyga kiritib qoʻyishni soʻragan.

Javobgar, yaʼni Sherali Joʻrayev sud majlisiga bormagani tufayli sud ishni javobgarning ishtirokisiz sirtdan koʻrib chiqqan. Uy otaning nomida boʻlgan, oʻgʻil esa doimiy roʻyxatda turgan.

Uy-joy kodeksining 32-moddasida uy, kvartira mulkdorining oila aʼzolari, shuningdek, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni koʻchirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan boʻlmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqli ekani yozilgan.

Mazkur qonun talablaridan kelib chiqib, sud daʼvogarning nizoli uy-joyda taraflarning oʻzaro roziligi asosida yashaganini, daʼvogar ushbu uyda doimiy roʻyxatda turishini, bunday holatda daʼvogarda ushbu uyga nisbatan foydalanish huquqi shakllanganini, daʼvogarning uyga nisbatan shakllangan foydalanish huquqi yoʻqolmaganini inobatga olib, daʼvogarni nizoli xonadonga kiritib qoʻyishni lozim deb topgan.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Shohjahon va Zohirshoh Joʻrayevlar boshqa xonanda Botir Qodirov bilan otalikni aniqlash masalasida sudlashmoqdalar. Sud yopiq boʻlib oʻtyapti.

Avvalroq Botir Qodirov nima sababdan Joʻrayevlarni sudga berishga qaror qilgani va otasiga munosabatini ochiqlagandi. Sudyalar oliy kengashi esa ularni turli bayonotlar bermay turishga chaqirgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid