ShHT razvedka xizmatlari oʻtgan yili 200 ga yaqin teraktning oldini oldi
Shuningdek, 95 ta terrorchilik tashkilotlari halqalarining faoliyati toʻxtatishga muvaffaq boʻlingan.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aʼzo mamlakatlardagi razvedka xizmatlari 2023 yilda 181 ta terrorchilik aktlarining oldini olgan. ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qoʻmitasi direktori Ruslan Mirzayev ShHT davlatlari Oliy sudlar raislari yigʻilishida shunday maʼlumotlarni keltirgan.
Mirzayevning aytishicha, maxsus xizmatlar 214 xorijiy jangarini qoʻlga olishgan, 95 ta terrorchilik tashkilotlari halqalari faoliyatini toʻxtatishga muvaffaq boʻlgan. Bunday tashkilotlarga 1185 nafar aʼzo va hamkorlari aniqlab, qoʻlga olgan. Terrorchilik va ekstremistik maqsadlarda foydalanilgan 13 ta moliyalashtirish va 26 ta noqonuniy migratsiya kanallari aniqlangan.
MATT maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilda ShHTga aʼzo mamlakatlarda 14 ta qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar noqonuniy savdosining kanallari aniqlangan, 1589 ta oʻqotar qurol, 777 ta portlovchi moslama, 188 kilogramm portlovchi modda va 660 tonnadan ortiq narkotik moddalar musodara qilingan.
Eslatib oʻtamiz, ShHT 2001 yil 15 iyunda tuzilgan boʻlib, 9 davlat -Xitoy, Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Pokiston, Hindiston va Eron uning aʼzosi hisoblanadi. Afgʻoniston, Belarus va Mongoliya davlatlari esa esa kuzatuvchi maqomida sanaladi.